RANGLAR PSIXOLOGIYASI: O’QUV JARAYONIDA RANGLAR XOTIRA FAOLIYATIGA QANDAY TA’SIR QILADI?
Abdullayeva Fayyoza Bekzod qizi, Sobirova Feruza Islomjon qizi · ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ · 2025
Not cached yet. This record was fetched live for this request and is stored after the lookup. Reopening the page should serve the cached copy.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ · OpenAlex · article · 2025
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ranglarning inson psixologiyasiga ta’siri va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ranglar nafaqat borliqni aks ettiruvchi estetik vosita, balki o‘quvchilarning tafakkuri, idroki, emotsional holati hamda xotira jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan psixologik omil sifatida yoritiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ranglarning to‘g‘ri qo‘llanilishi o‘quvchilarda diqqatni jamlash, ma’lumotlarni tez va samarali eslab qolish, stressni kamaytirish hamda motivatsiyani oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolada qizil, sariq, ko‘k va yashil kabi asosiy ranglarning o‘quv jarayoniga xos funksional ahamiyati alohida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, rangli o‘quv materiallaridan foydalanish o‘quvchilarning ijodkorligi, idrok qilish salohiyati va fikrlash jarayonlarini rivojlantirishdagi ahamiyati bilan asoslangan.
Open the resolved locator · 10.64941/fb896z41
Metadata licence: OpenAlex metadata (CC0)